Tez-tez beriladigan savollar

MILLI qanday ishlaydi?
Ilovadan kerakli narsani topasiz, egasi bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'lanasiz, uchrashuv va shartlarni kelishib olasiz. MILLI - bu shunchaki ijarachi va egani bog'laydigan qulay platforma.
Platformaga biror narsa to'lash kerakmi?
Yo'q. MILLI'ga ro'yxatdan o'tish va foydalanish bepul. Barcha hisob-kitoblar to'g'ridan-to'g'ri ijarachi va ega o'rtasida - o'z shartlaringizda bo'ladi.
Boshqa foydalanuvchilarga ishonsa bo'ladimi?
Har bir foydalanuvchi OneID orqali tekshiriladi. Profilda reyting, sharhlar va tekshiruv belgisi ko'rinadi. Bitimdan oldin sharhlarni o'qishni tavsiya qilamiz.
Egasi bilan qanday bog'lanaman?
E'lon sahifasida aloqa tugmalari bor: Telegram, qo'ng'iroq yoki MILLI chat orqali xabar. Tafsilotlarni - vaqt, joy, shartlar - to'g'ridan-to'g'ri kelishib oling.
O'z narsamni qanday ijaraga qo'yaman?
Ilovani oching, «Joylash» tugmasini bosing, 3–5 ta rasm yuklang, kunlik narx va qisqa tavsif yozing. Narsa bir necha daqiqada katalogda paydo bo'ladi.
Agar nizo yoki muammo yuzaga kelsa-chi?
Vaziyatni va rasmlarni yordam xizmatiga yuboring. Bizning jamoa ikkala tomon bilan bog'lanib, adolatli yechim topishga yordam beradi - OneID ma'lumotlari ikkala tomonda ham mavjud.
Yordam bilan qanday bog'lanaman?
support@millisupport.uz ga yozing yoki Telegram @millisupport. Ish vaqtida odatda 2 soat ichida javob beramiz.